AUTIZIMLI BOLALARNING IJTIMOIY-HISSIY RIVOJLANISHIDA PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK HAMKORLIK MEXANIZMLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada autizm spektr buzilishiga ega bolalarning ijtimoiy-hissiy rivojlanishida pedagog va psixologlar o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyati va samarali mexanizmlari yoritilgan. Tadqiqot jarayonida autizmli bolalarning ijtimoiy munosabatlarga kirishish, hissiyotlarni anglash va boshqarishdagi qiyinchiliklari tahlil qilinib, ularni bartaraf etishda pedagogik-psixologik yondashuvlarning integratsiyasi muhim omil sifatida asoslab berilgan. Maqolada individual ta’lim dasturlari, kuzatuv, diagnostika, korreksion-rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar hamda ota-onalar bilan hamkorlik mexanizmlarining o‘rni ochib berilgan. Tadqiqot natijalari pedagog va psixologlarning tizimli hamkorligi autizmli bolalarning ijtimoiy moslashuvi va hissiy barqarorligini oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.



