"PSIXODRAMMA METODINING GURUHIY TRENINGDAGI IMKONIYATLARI"
收藏资源简介:
Ushbu maqolada psixodramma metodining guruhiy trening jarayonlaridagi psixologik ahamiyati va samaradorligi nazariy va empirik jihatdan tahlil qilinadi. Psixodramma – shaxsning ichki kechinmalarini, hissiyot va qaror qabul qilish jarayonlarini bevosita amaliy faoliyat orqali ifodalash imkonini beruvchi interaktiv metod bo‘lib, guruh ichidagi muloqot, empatiya va ijtimoiy moslashuv ko‘nikmalarini shakllantirishda samarali vosita hisoblanadi. Maqolada psixodramma metodining nazariy asoslari, guruhiy trening jarayonida qo‘llash mexanizmlari, turli yosh va ijtimoiy guruhlar bilan ishlashda metodik jihatlari ko‘rib chiqilgan. Empirik tadqiqot natijalari psixodramma metodining trening samaradorligini oshirish, ishtirokchilarning emotsional barqarorligi va guruh ichidagi o‘zaro ishonchini kuchaytirishdagi rolini tasdiqlaydi. Maqola natijalari guruhiy treninglar va pedagogik-psixologik amaliyotda psixodramma metodidan tizimli foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.



