AVTOMATLASHTIRILGAN BOSHQARUV TIZIMLARI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining mohiyati, tuzilishi va zamonaviy sanoat hamda texnologiyalardagi o’rni tahlil qilinadi. Avtomatlashtirish jarayonlari ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, inson omilini kamaytirish va resurslardan oqilona foydalanishga xizmat qilishi yoritilgan. Shuningdek, boshqaruv tizimlarining asosiy elementlari – datchiklar, boshqaruv qurilmalari va ijro mexanizmlarining o’zaro bog’liqligi tushuniladi. Maqolada zamonaviy axborot texnologiyalari, dasturiy ta’minot va sun’iy intellekt asosida ishlovchi tizimlarning afzalliklari ko’rib chiqiladi. Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini joriy etish orqali ishlab chiqarishda aniqlik, tezkorlik va xavfsizlik darajasi sezilarli darajada oshishi asoslab beriladi. Mazkur mavzu texnika va muhandislik sohasida muhim ahamiyat kasb etadi.



