RAQAMLI TRANSFORMATSIYA VA ONLAYN TA'LIMNING SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI
收藏资源简介:
Ushbu tezisda raqamli transformatsiya jarayonlari va onlayn ta’limning samaradorligini oshirishdagi pedagogik texnologiyalar tahlil qilinadi. Tadqiqotda interaktiv platformalar, virtual laboratoriyalar va elektron o‘quv resurslaridan foydalanish orqali o‘quv jarayonini optimallashtirishning amaliy usullari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, zamonaviy pedagogik metodlar yordamida o‘quvchilarning motivatsiyasi, bilim olish samaradorligi va o‘qituvchi faoliyatining sifati oshiriladi. Ishda raqamli vositalarni joriy etishning afzalliklari va muammolari, onlayn va aralash ta’lim tizimlarida pedagogik innovatsiyalarni tatbiq etish imkoniyatlari o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari ta’lim muassasalarida raqamli transformatsiyani samarali amalga oshirish va o‘quv jarayonini modernizatsiya qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishga yo‘naltirilgan.



