遇见数据集

KATTA YOSHLI DARAXTLARNI KO'CHIRISH TARIXI VA TEXNOLOGIYASI

收藏
Zenodo2026-09-29 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada katta yoshli daraxtlarni ko‘chirish (transplantatsiya) jarayonining shakllanishi va tarixiy rivojlanishi, uning qadimgi davrlardan hozirgi zamonaviy texnologiyalargacha bo‘lgan taraqqiyoti yoritilgan. Daraxt transplantatsiyasining biologik, agrotexnik va muhandislik jihatlari, xususan, ildiz tizimini saqlash, ildiz-tuproq komini shakllantirish, daraxtni tashish va yangi o‘sish sharoitiga moslashtirish masalalari tahlil qilingan. Qadimgi Yunoniston va Rim davrlardagi daraxt ko‘chirish tajribalari, XVII-XVIII asrlarda Yevropada ushbu amaliyotning rivojlanishi hamda XIX-XX asrlarda mexanik vositalarning takomillashuvi ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, XX-XXI asrlarda gidravlik qurilmalar, kranlar va maxsus transport vositalaridan foydalanish orqali yirik daraxtlarni ko‘chirish imkoniyatlarining kengayishi misollar asosida bayon etilgan. Ishda O‘rta Osiyo, xususan O‘zbekiston hududida daraxtlarni ko‘chirish va ko‘kalamzorlashtirish tarixiga ham alohida e’tibor qaratilib, F.N. Rusanov va L.S.Zalesskaya kabi olimlarning ilmiy ishlari tahlil qilingan. Daraxt transplantatsiyasining tarixiy rivojlanishi, zamonaviy shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish va mavjud yirik daraxtlarni saqlab qolish nuqtayi nazaridan baholangan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-09-29
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务