SHARTNOMANI IJRO ETISH BOSQICHIDA HALOLLIK TAMOYILI
收藏资源简介:
Halollik tamoyili xalqaro tijorat huquqida eng keng tarqalgan, biroq amaliy qoʻllanilishi turlicha bo‘lgan normalardan biri hisoblanadi. Shartnoma munosabatlarining bosqichlari ichida aynan ijro etish bosqichi ushbu tamoyilning eng koʻp ishtirokini talab qiladi, chunki taraflarning oʻz manfaatini koʻzlashi va halollik majburiyatiga rioya qilish oʻrtasidagi ziddiyat aynan shu bosqichda yorqin namoyon boʻladi. Mazkur maqola xalqaro tijorat shartnomalarini ijro etish jarayonida halollik tamoyili qanday aniq institutlarda ifodalanishini tahlil qiladi. Tadqiqot “Tovarlarning xalqaro oldi-sotdi shartnomalari toʻgʻrisida”gi BMT konvensiyasi, UNIDROIT xalqaro tijorat shartnomalarining prinsiplari hamda xalqaro arbitraj amaliyoti, jumladan xalqaro tijorat arbitraj sudlarining qarorlari asosida olib boriladi. Maqolada hamkorlik majburiyati, ijroga toʻsqinlik qilmaslik, shartnomani ijro etish jarayonida vaziyatning jiddiy o‘zgarishi sharoitida qayta muzokara, suiiste'molning taqiqlanishi, zararni kamaytirish va oqilona kutishni himoya qilish kabi institutlar koʻrib chiqiladi. Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 9-moddasi xalqaro standartlar bilan qanchalik muvofiqlashganligi va qonunchilikni takomillashtirish istiqbollari muhokama qilinadi.



