MIGRANTLARNING RAQAMLI XAVFSIZLIGI, INTERNET ORQALI SODIR ETILADIGAN MOLIYAVIY FIRIBGARLIKLAR VA ULARGA QARSHI RAQAMLI FORENZIKA USULLARINI QO'LLASH
收藏资源简介:
Ushbu maqolada xalqaro va ichki migratsiya jarayonlari sharoitida migrantlarning raqamli xavfsizligini ta'minlash masalalari, internet tarmog'i orqali sodir etilayotgan moliyaviy firibgarliklarning zamonaviy ko'rinishlari hamda ularga qarshi raqamli forenzika texnologiyalaridan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari o'rganildi. Tadqiqot davomida phishing, smishing, vishing, ijtimoiy muhandislik, qalbaki onlayn ish takliflari, kriptovalyuta firibgarliklari va noqonuniy pul o'tkazmalari bilan bog'liq jinoyatlar tahlil qilindi. Shuningdek, elektron dalillarni yig'ish, saqlash, identifikatsiya qilish va sud ekspertizasida qo'llash mexanizmlari raqamli forenzika nuqtayi nazaridan baholandi. Maqolada migrantlarning raqamli savodxonligini oshirish, sun'iy intellekt asosidagi firibgarliklarni aniqlash tizimlarini joriy etish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalari migratsiya xavfsizligini ta'minlash, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini takomillashtirishga xizmat qiladi.



