CAD/CAM TEXNOLOGIYALARINING ORTOPEDIK STOMATOLOGIYADAGI O'RNI
收藏资源简介:
So‘nggi yillarda stomatologiya amaliyotida raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi ortopedik davolash sifatini sezilarli darajada oshirdi. Xususan, CAD/CAM (Computer-Aided Design / Computer-Aided Manufacturing) texnologiyalari tish protezlarini loyihalash va tayyorlash jarayonlarini avtomatlashtirish orqali yuqori aniqlik, mustahkamlik va estetik ko‘rsatkichlarga erishish imkonini bermoqda. Ushbu texnologiyalar yordamida kronlar, ko‘priksimon protezlar, vinirlar, inley va onleylar, shuningdek implant usti konstruksiyalarini qisqa vaqt ichida individual anatomo-funksional xususiyatlarni hisobga olgan holda ishlab chiqish mumkin. Mazkur ilmiy maqolaning maqsadi CAD/CAM texnologiyalarining ortopedik stomatologiyadagi o‘rnini baholash, ularning an’anaviy laboratoriya usullariga nisbatan afzalliklarini tahlil qilish hamda klinik samaradorligini ilmiy asoslashdan iborat. Tadqiqot natijalari CAD/CAM texnologiyalaridan foydalanish davolash aniqligi va bemorlar qoniqish darajasini oshirish, vaqt va inson omiliga bog‘liq xatoliklarni kamaytirish imkonini berishini ko‘rsatadi [1, 2].



