GLOBAL MUAMMOLAR
收藏资源简介:
Ushbu maqolada zamonaviy dunyoda dolzarb ahamiyat kasb etayotgan global muammolarning mazmun-mohiyati, ularning kelib chiqish sabablari hamda insoniyat taraqqiyotiga ko‘rsatayotgan ta’siri kompleks yondashuv asosida tahlil etiladi. Global muammolar bugungi kunda alohida hudud yoki davlat doirasidan chiqib, butun insoniyat manfaatlariga daxldor bo‘lgan jarayon sifatida namoyon bo‘lmoqda. Global muammolarni hal etishda xalqaro hamkorlik, innovatsion yondashuvlar va barqaror rivojlanish tamoyillarining o‘rni ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari global muammolarni anglash va ularni bartaraf etish yo‘llarini izlashda nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu sohada olib borilayotgan ilmiy izlanishlar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.



