INSON RUHIYATINI IFODALOVCHI TIL BIRLIKLARINING SUN'IY INTELLEKT BILAN MULOQOTDAGI DISKURSIV EVOLYUTSIYASI
收藏资源简介:
maqolada sun’iy intellekt bilan olib boriladigan muloqot jarayonida inson ruhiy holatini ifodalovchi leksikaning diskursiv jihatdan o‘zgarishi tahlil etiladi. Tadqiqot doirasida zamonaviy raqamli kommunikatsiya muhiti, ayniqsa sun’iy intellektga asoslangan tizimlar bilan o‘zaro aloqa jarayonida yuz beradigan lingvistik o‘zgarishlar o‘rganiladi. Inson nutqida ruhiy holatni ifodalovchi leksik birliklarning shakllanishi, ularning ma’no jihatdan kengayishi hamda yangi diskursiv funksiyalarni egallashi asosiy tadqiqot obyekti sifatida ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, sun’iy intellekt bilan muloqot davomida nutqning soddalashuvi, emotsional-ekspressiv birliklarning transformatsiyaga uchrashi va ayrim holatlarda qisqarishi ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari inson va sun’iy intellekt o‘rtasidagi kommunikatsiya o‘ziga xos diskursiv muhitni yuzaga keltirishini hamda bu muhitda ruhiy holatni ifodalovchi leksika yangi lingvokognitiv xususiyatlar kasb etishini ko‘rsatadi. Mazkur maqola zamonaviy lingvistika, psixolingvistika hamda diskurs tahlili yo‘nalishlari tutashgan nuqtada yangi ilmiy yondashuvni ilgari suradi.



