BOSHLANG'ICH SINFLARDA ONA TILI DARS LARIDA "SIFAT SO'Z TURKUMI" MAVZUSINI O'QITISHDA INTERFAOL USULLAR VA 4K MODELIDAN FOYDALANISH
收藏资源简介:
Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflari ona tili darslarida „Sifat so‘z turkumi“ mavzusini o‘qitishda interfaol usullar („Savol-javob bekati“, „Aqliy hujum“) va 4K modeli (Kreativlik, Kritik fikrlash, Komunikatsiya, Kooperatsiya)dan foydalanishning metodik asoslari yoritilgan. Maqolada sifat so‘z turkumining bildirgan ma’nosi, turlari (holat, xususiyat, rang-tus, shakl-hajm, maza-tam), darajalari (oddiy, qiyosiy, orttirma), tuzilishi (oddiy va murakkab) hamda yasovchi qo‘shimchalar batafsil tahlil qilinadi. Interfaol metodlar orqali o‘quvchilarning faol ishtiroki, nutq madaniyati va grammatik ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rsatilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ushbu yondashuv o‘quvchilarning mavzuni chuqurroq o‘zlashtirishiga, fikrlash va muloqot qobiliyatlarini oshirishga xizmat qiladi.



