SURDO HARAKATLARNI TANIB OLISH VA SO'ZLASHUV IBORALAR BAZASIGA ASOSLANGAN SURDO TARJIMON PLATFORMASINI LOYIHALASH: ARXITEKTURA, MODEL VA TARJIMA MEXANIZMI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar uchun mo‘ljallangan intellektual surdo tarjimon platformasining loyihalash metodologiyasi, tizim arxitekturasi va tarjima mexanizmi taqdim etilgan. Platforma kompyuter ko‘rish (Computer Vision) texnologiyalari asosida surdo harakatlarni real vaqtda tanib olish modulini so‘zlashuv iboralari bazasiga integratsiyalash orqali ishoralarni tabiiy o‘zbek tilidagi iboralarga aylantiradi. Tizim MediaPipe Holistic framework’i yordamida qo‘l (42 ta nuqta), tana (33 ta nuqta) va yuz (468 ta nuqta) landmarklarini aniqlash, CNN-LSTM gibrid neyron tarmog‘i orqali 300–500 ta asosiy surdo belgilarni klassifikatsiya qilish va 1000 dan ortiq so‘zlashuv iborasini qamrab olgan bazadan kontekstga mos tarjima chiqarishni ta’minlaydi. Taklif etilgan to‘rt qatlamli modulli arxitektura (mijoz, tanib olish, tarjima va ma’lumotlar qatlamlari) tizimning kengaytiriluvchi va turli xizmat ko‘rsatish muhitlariga (tibbiyot, ta’lim, bank, davlat xizmatlari) moslashuvchi bo‘lishini kafolatlaydi. Dialog holati boshqaruvi mexanizmi muloqot kontekstini saqlash orqali tarjima aniqligini oshiradi. Platforma o‘zbek surdo tiliga moslashtirilgan bo‘lib, kam resursli tillar uchun transfer learning va ma’lumotlarni augmentatsiya qilish strategiyalari qo‘llanilgan.



