TIBBIYOT TA'LIMIDA 3D MODELLASHTIRISH TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA AMALIY KO'NIKMALARNI SHAKLLANTIRISH METODIKASI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada tibbiyot ta’limida uch o‘lchamli (3D) modellashtirish texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Zamonaviy 3D texnologiyalar yordamida inson organizmining anatomik tuzilishini o‘rganish, ichki a’zolar va anatomik tizimlarning virtual modellarini yaratish, murakkab tibbiy jarayonlarni modellashtirish hamda amaliy mashg‘ulotlarni interaktiv shaklda tashkil etish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, 3D modellashtirish, 3D vizualizatsiya, virtual laboratoriya va 3D bosib chiqarish texnologiyalarini tibbiy ta’limga integratsiyalash metodikasi ishlab chiqilgan. Maqolada mazkur texnologiyalarning talabalarning fazoviy tafakkuri, anatomik bilimlari, amaliy ko‘nikmalari va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishdagi imkoniyatlari hamda ularni joriy etish bilan bog‘liq muammolar ko‘rib chiqilgan.



