TOGʻAY MUROD ASARLARIDA MILLIY XARAKTER VA XALQONALIK MASALASI
收藏官方服务:
资源简介:
Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi Togʻay Murod ijodida milliy xarakter va xalqonalik masalasi ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida yozuvchining “Ot kishnagan oqshom”, “Oydinda yurgan odamlar”, “Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi” kabi asarlari asosida qahramonlar xarakteri, xalqona tafakkur, milliy mentalitet va badiiy ifoda xususiyatlari o‘rganildi. Maqolada milliy xarakter tushunchasining badiiy mazmuni ochib berilib, xalqonalikning yozuvchi ijodidagi estetik vazifasi aniqlandi. Tadqiqot natijalari Togʻay Murod asarlarida xalq ruhining real va psixologik talqini mavjudligini ko‘rsatadi. Ushbu ish o‘zbek nasrida milliy ong va xalq ruhini badiiy jihatdan o‘rganishda muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi.
提供机构:
Zenodo创建时间:
2026-01-25



