OZIQ-OVQAT SANOATI KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISH RESURSLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH
收藏资源简介:
Mazkur maqolada O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati korxonalarida ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish masalalari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda xomashyo va material resurslari, asosiy ishlab chiqarish fondlari, mehnat, moliyaviy hamda tashkiliy resurslarning oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. O‘zbekiston oziq-ovqat sanoatida resurslardan foydalanishning hozirgi holati va rivojlanish dinamikasi baholanib, iqtisodiy samaradorlikni cheklab turgan asosiy omillar aniqlangan. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan texnologik modernizatsiya, raqamli boshqaruv tizimlarini joriy etish, resurs tejamkor ishlab chiqarish tamoyillarini qo‘llash, mahalliy xomashyo bazasini kengaytirish hamda kadrlar salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ushbu takliflarning amaliyotga tatbiq etilishi mahsulot tannarxini pasaytirish, ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash va korxonalarning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilishi asoslab berilgan.



