遇见数据集

KLIMAKSNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI

收藏
Zenodo2026-03-28 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur tezis klimaksning nazariy-metodologik asoslari tilshunoslik nuqtayi nazaridan keng yoritiladi. Klimaks nutqning emotsional, semantik va mantiqiy jihatdan bosqichma-bosqich kuchayib borishini ifodalovchi stilistik vosita sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqotda klimaksning tilshunoslikdagi o‘rni, strukturaviy xususiyatlari, turlari hamda funksional imkoniyatlari ilmiy asosda o‘rganiladi. Ishda klimaksni o‘rganishning asosiy metodologik yondashuvlari — struktur-semantik, pragmatik, diskursiv va kognitiv tahlil usullari asosida tadqiq etilgan. Shuningdek, klimaksning nutq jarayonida kommunikativ samaradorlikni oshirishdagi o‘rni, nutqning ekspressivligini kuchaytirishdagi roli hamda badiiy, publitsistik, ilmiy va notiqlik nutqlarida qo‘llanish xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida klimaksning mantiqiy, emotsional, miqdoriy va sintaktik turlari aniqlanib, ularning nutqdagi funksional xususiyatlari misollar asosida yoritilgan. Shuningdek, klimaksning antiklimaks bilan o‘zaro aloqasi hamda ularning nutqdagi stilistik imkoniyatlari ilmiy jihatdan asoslangan. Mazkur tadqiqot natijalari nutq stilistikasi, pragmalingvistika, diskurs tahlili hamda notiqlik san’atini o‘rganishda muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Ushbu ish natijalaridan tilshunoslik, nutq madaniyati, stilistika hamda pragmatika yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib borishda foydalanish mumkin.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-03-28
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务