遇见数据集

Turli yoshdagi bolalar bilan ishlashda dialog texnikasining moslashuvi

收藏
Zenodo2026-01-24 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada maktabgacha va boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalar bilan logopedik amaliyotda dialog texnikasini moslashtirish masalasi nazariy hamda amaliy jihatdan yoritildi. Tadqiqotda dialogik muloqotning psixolingvistik asoslari, dialogning bolalar nutqini shakllantirishdagi o‘rni va logopedik mashg‘ulotlarda dialogni bosqichma-bosqich qo‘llash (motivatsiya, mavzuga kirish, mustahkamlash, monologik chiqish, yakuniy rag‘batlantirish) tamoyillari tahlil qilindi. Shuningdek, dialog texnikasi orqali fonematik eshituv, so‘z boyligi va grammatik tuzilmani rivojlantirish imkoniyatlari, yosh xususiyatlari hamda nutq darajasiga ko‘ra dialogni individuallashtirish yondashuvlari asoslab berildi. Maqolada uyatchan, giperaktiv yoki nutqi sust rivojlangan bolalar bilan ishlashda qo‘g‘irchoqli, harakatli va vizual tayanchli dialog mashqlaridan foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar ham keltirildi. Natijada dialog texnikasining moslashuvchan qo‘llanilishi bolalarning nutqiy faolligi, muloqot madaniyati va kommunikativ kompetensiyasini oshirishda samarali vosita ekani xulosalandi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-01-24
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务