遇见数据集

QIZILO'NGACHNING NORMAL MORFOLOGIYASI VA UNING YOSHGA DOIR XUSUSIYATLARI

收藏
Zenodo2026-05-05 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Shilliq parda epiteliysi ko‘p qavatli yassi muguzlanmaydigan epiteliydan iborat. Keksalik davrida uning yuzaki hujayralari qisman muguzlanishga uchrashi mumkin. Epitelial qatlam tarkibida 20–25 qavat hujayralar mavjud bo‘ladi. Unda, shuningdek, intraepitelial limfotsitlar va antigen taqdim etuvchi dendrit hujayralar ham uchraydi. Shilliq pardaning xususiy plastinkasi bo‘sh tolali biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan bo‘lib, u epiteliy ichiga baland so‘rg‘ichlar shaklida kirib boradi. Mazkur qavatda limfotsitlar to‘plami, limfa tugunchalari hamda qizilo‘ngach kardial bezlarining oxirgi bo‘limlari joylashadi. Bu bezlar oshqozonning kardial bezlariga o‘xshash bo‘lib, oddiy tarmoqlangan naychasimon tuzilishga ega. Ularning oxirgi bo‘limlarida mutsin ishlab chiqaruvchi hujayralar, pariyetal hujayralar hamda serotonin sintezlovchi endokrin ЕС- va ECL-hujayralar uchraydi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-05
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务