遇见数据集

MINTAQAVIY IQTISODIYOTDA INNOVATSION TARAQQIYOT UCHUN INVESTITSIYA MEXANIZMLARINI SHAKLLANTIRISH USULLARI

收藏
Zenodo2026-03-17 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Bugungi globallashuv sharoitida mintaqalarning barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashda qulay investitsion muhitni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, mintaqa iqtisodiy tizimida investitsion salohiyatdan samarali foydalanish va innovatsion taraqqiyotni jadallashtirish xorijiy hamda mahalliy investitsiyalarni jalb etishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Shu bois, investitsion muhitni yaxshilashga qaratilgan davlat siyosati va institutsional mexanizmlar mintaqaviy rivojlanish strategiyalarining ustuvor yo‘nalishiga aylangan. Mintaqaning investitsion salohiyati deganda uning tabiiy-resurs imkoniyatlari, ishlab chiqarish infratuzilmasi, mehnat resurslari, ilmiy-texnik bazasi, moliyaviy barqarorligi hamda institutsional muhitining investitsiyalarni qabul qilish va samarali o‘zlashtirish qobiliyati tushuniladi. Ushbu salohiyat darajasi mintaqada investitsion faoliyatning faolligi, kapital qo‘yilmalar hajmi va iqtisodiy o‘sish sur’atlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-03-17
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务