遇见数据集

ATSIDOZDA EOSINOFILLARNING O'ZARO VA MAKROFAGLAR, LIMFOTSITLAR BILAN MULOQOTIGA TA'SIRI

收藏
Zenodo2026-04-12 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu sharhli maqola atsidozning turli shakllari (metabolik, respirator va hujayradan tashqari) sharoitida eozinofillarning immun hujayralar – makrofaglar va limfotsitlar bilan o‘zaro muloqotiga ta’sirini tizimli tahlil qilishga bag‘ishlangan. Atsidoz ko‘plab patologik holatlar, jumladan yallig‘lanish, infektsiyalar, o‘sma mikromuhiti, sepsis va surunkali nafas olish kasalliklarida rivojlanadi. pH ning pasayishi eozinofillarning faollashuvi, yashash muddati, degranulyatsiyasi va sitokinlar ishlab chiqarish qobiliyatini o‘zgartirishi ko‘rsatilgan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, atsidoz eozinofillarning makrofaglar bilan o‘zaro ta’sirini kuchaytirishi mumkin, bu esa M2 fenotipiga polarizatsiyani va to‘qima remodelingida ishtirok etuvchi omillar chiqarilishini rag‘batlantiradi. Shu bilan birga, atsidoz limfotsitlarning subpopulyatsiyalar nisbatini o‘zgartirib, Th2 javobini kuchaytirishi va eozinofillarning yanada ko‘proq jalb qilinishiga sabab bo‘lishi mumkin. Maqolada pH o‘zgarishlarining hujayra signalizatsiyasi (GPR65, NF-kB, MAPK yo‘llari), oksilipin metabolizmi va hujayra migratsiyasiga ta’siri mexanizmlari batafsil yoritilgan. Klinik nuqtai nazardan, atsidozning og‘ir shakllarida eozinofiliya bilan kechadigan kasalliklarning prognozi yomonlashadi, ammo ma’lum sharoitlarda eozinofillar himoya vazifasini bajarishi mumkin. Maqola atsidozni tuzatishga qaratilgan yangi terapevtik strategiyalarni ishlab chiqish uchun nazariy asos yaratadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-04-12
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务