遇见数据集

URGUT TOPONIMIYASI VA AHOLI ETNOGENEZINING O'ZARO BOG'LIQLIGI MASALALARI

收藏
Zenodo2026-06-01 更新2026-06-05 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada Urgut tumani aholisi toponiyomiyasi va Zarafshon vohasining qadimiy ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlari bilan uzviy bog‘liqlikda tahlil qilinadi. Tadqiqotda hududning geografik joylashuvi voha va tog‘oldi zonalari tutashgan “kontakt makon” sifatidagi o‘rni asosiy omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Aholi tarkibining shakllanishi uzoq davom etgan migratsion jarayonlar, xo‘jalik ixtisoslashuvi, tabiiy-geografik moslashuv hamda ijtimoiy munosabatlar natijasi ekanligi asoslab beriladi. Shuningdek, qadimgi Sug‘d davridan boshlab turkiy qatlamlarning kirib kelishi va ular bilan mahalliy o‘troq aholining o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga kelgan etnik-madaniy sintez jarayoni yoritiladi. Urgut hududida dehqonchilik va chorvachilik asosidagi xo‘jalik tizimlarining o‘zaro almashinuvi aholining turmush tarzi va demografik rivojlanishiga muhim ta’sir ko‘rsatgani ta’kidlanadi. Maqolada, shuningdek, “Urgut” toponimining kelib chiqishi bo‘yicha mavjud ilmiy qarashlar tahlil qilinib, uning tarixiy manbalardagi ilk uchrashlari, xususan “Boburnoma” asaridagi qaydlari asosida muhokama etiladi. Turli olimlar tomonidan ilgari surilgan etimologik talqinlar qiyosiy yondashuv asosida baholanadi. Umuman olganda, tadqiqot Urgut tumani aholisi shakllanishining murakkab va ko‘p bosqichli jarayon ekanligini ochib berib, hududning tarixiy-demografik rivojlanishini tushunishda muhim ilmiy xulosalarni taqdim etadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-06-01
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务