BLOKCHEYN TEXNOLOGIYASI VA UNDAN FOYDALANISH YO'LLARI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada blokcheyn texnologiyasining mohiyati, asosiy tamoyillari va turli sohalardagi qo’llanilish yo’nalishlari tahlil qilinadi. Blokcheyn – bu ma’lumotlarni kriptografik bog’langan bloklar zanjirida taqsimlangan holda saqlovchi reestr bo’lib, markazlashmagan tizimlarda ishonchlilik va xavfsizlikni ta’minlaydi. Maqolada texnologiyaning o’zgartirishga chidamlilik, shaffoflik va oraliq vositachilarga ehtiyoj sezmaslik kabi asosiy xususiyatlari yoritilgan. Blokcheynning amaliy qo’llanilish yo’llari sifatida kriptovalyutalar, aqilli shartnomalar, ta’minot zanjirini kuzatish, raqamli identifikatsiya, sog’liqni saqlashda tibbiy yozuvlar boshqaruvi, saylov tizimlari va mualliflik huquqini himoya qilish misolida ko’rsatilgan. Shuningdek, texnologiyaning afzalliklari ma’lumotlar daxlsizligi, ishonchsiz muhitda ishonch va mavjud cheklovlar energiya sarfi, masshtablanuvchanlik muammolari muhokama qilinadi. Maqola yakunida blokcheynning AKT sohasidagi istiqbollari va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o’rni haqida xulosalar berilgan.



