KAMBAG'ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI FAROVONLIGINI OSHIRISH: O'ZBEKISTON TAJRIBASI VA STRATEGIK YO'NALISHLAR
收藏资源简介:
Maqolada O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish bo‘yicha so‘nggi yillardagi natijalar, amalga oshirilgan chora-tadbirlar va istiqbolli yo‘nalishlar tahlil qilinadi. Milliy statistika qo‘mitasi va Jahon banki hamkorligidagi Uy xo‘jaliklari byudjeti tadqiqoti (HBS) ma’lumotlariga ko‘ra, kambag‘allik darajasi 2021-yildagi 17 foizdan 2025-yilda 5,8 foizgacha pasaygan. “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi, bandlikni oshirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va mahalla darajasidagi manzilli yondashuvlar asosiy omillar sifatida baholanadi. Tadqiqot ikkilamchi ma’lumotlar tahlili, qiyosiy va tizimli yondashuv asosida olib borilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, barqaror iqtisodiy o‘sish, inson kapitalini rivojlantirish va ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash orqali kambag‘allikni yanada qisqartirish mumkin. Maqolada xalqaro tajriba bilan qiyosiy tahlil ham keltirilgan va kelgusidagi strategik tavsiyalar shakllantirilgan.



