遇见数据集

O'ZBEKISTONDA JAMIYATIDA YOSHLARNING IQTISODIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY MEXANIZMLARI

收藏
Zenodo2026-04-17 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu tezis O‘zbekiston jamiyatida yoshlarning iqtisodiy tafakkurini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy mexanizmlarni ilmiy jihatdan tahlil qiladi. Iqtisodiy tafakkur – bu shaxsning iqtisodiy jarayonlarni tushunish, baholash va ularda faol ishtirok etish qobiliyatidir. Yoshlarning iqtisodiy tafakkurini rivojlantirish jamiyatning barqaror iqtisodiy rivojlanishi, resurslarni samarali taqsimlash va innovatsion ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuslarni ilgari surish imkonini beradi. Tezisda yoshlarning iqtisodiy tafakkurini shakllantirishdagi davlat siyosati, ta’lim tizimi, yoshlar tashkilotlari va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi ijtimoiy hamkorlikning roli keng yoritilgan. Shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining yoshlarning iqtisodiy tafakkurini rivojlantirishdagi ahamiyati va samarali pedagogik usullar tahlil qilingan. Tezis yakunida ijtimoiy mexanizmlarning samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar berilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-04-17
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务