遇见数据集

Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq rivojlanishining psixolingvistik asoslari

收藏
Zenodo2025-12-11 更新2026-06-05 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada psixolingvistika tili va tafakkur o‘zaro aloqasi, nutq ishlab chiqarish va idrok etish jarayonlarini hamda tilni o‘zlashtirish mexanizmlari tadqiq qilinadi. Ushbu fan lingvistika va psixologiya chorrahasida XX asr o‘rtalarida shakllangan bo‘lib, 1960-70-yillarda mustaqil yo‘nalish darajasiga ko‘tarilgan – bu esa bolalar nutqini yanada chuqurroq o‘rganish uchun imkoniyat yaratdi. Yana bir muhim nazariy prinsip – bu nutq va tafakkur dialektikasidir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, fikrning moddiy asosi – nutqdir, ya’ni til fikrni ifodalash vositasi bo‘libgina qolmay, fikrni shakllantiruvchi vosita hamdir. Demak, inson tafakkuri va nutq jarayoni o‘zaro chambarchas bog‘liq: til vositasida fikrlash amalga oshadi va aksincha, tafakkur jarayonlari nutq tuzilishida namoyon bo‘ladi. Nutq va tafakkur birligi psixolingvistik tadqiqotlarning markaziy g‘oyalaridan biri bo‘lib, bu tamoyil L.S.Vigotskiy, A.A.Leontev kabi olimlar tomonidan ham ta’kidlangan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2025-12-11
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务