BIOTEXNOLOGIYANING ZAMONAVIY RIVOJLANISH TENDENSIYALARI VA AMALIY AHAMIYATI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada biotexnologiyaning zamonaviy rivojlanish tendensiyalari va uning amaliy ahamiyati kompleks ravishda tahlil qilingan. Tadqiqotda genomika, gen muhandisligi, CRISPR/Cas texnologiyasi, sintetik biologiya, bioinformatika va sun’iy intellektning biotexnologik jarayonlar bilan integratsiyasi yoritilgan. Shuningdek, biotexnologiyaning tibbiyot, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati va ekologiyada qo‘llanilish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Tahlil natijalari zamonaviy biotexnologiya fanlararo xususiyatga ega bo‘lib, biologik resurslardan samarali foydalanish, yangi biologik mahsulotlar yaratish, kasalliklarni diagnostika qilish va davolash, qishloq xo‘jaligi mahsuldorligini oshirish hamda ekologik muammolarni kamaytirishda muhim amaliy imkoniyatlarga ega ekanligini ko‘rsatdi. Shuningdek, sun’iy intellekt va biotexnologiya integratsiyasi kelajakdagi ilmiy tadqiqotlarning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri sifatida asoslangan.



