XALQARO RAQAMLI INTEGRATSIYA SHAROITIDA IQTISODIY O'SISH OMILLARI: O'ZBEKISTON IQTISODIYOTINI RAQAMLI TRANSFORMATSIYA QILISH ISTIQBOLLARI
收藏资源简介:
Annotatsiya: Mazkur tezisda xalqaro raqamli integratsiya sharoitida iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi asosiy omillar ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda raqamli iqtisodiyotning zamonaviy iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni, sun’iy intellekt, elektron tijorat, katta ma’lumotlar (Big Data), bulutli hisoblash (Cloud Computing), moliyaviy texnologiyalar (FinTech), elektron hukumat hamda innovatsion infratuzilmaning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri yoritilgan. Xalqaro tajribalar hamda O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan raqamli transformatsiya islohotlari qiyosiy tahlil qilinib, iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari davlat boshqaruvi organlari, iqtisodiy siyosatni ishlab chiquvchilar hamda ilmiy tadqiqotchilar uchun amaliy ahamiyatga ega.



