XVIII ASRNING BIRINCHI YARMIDA BUXORO – ROSSIYA MUNOSABATLARINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
收藏资源简介:
Mazkur tadqiqot XVIII asrning birinchi yarmida, xususan, Abulfayzxon hukmronligi yillarida Buxoro xonligi hamda Rossiya imperiyasi o‘rtasidagi elchilik va diplomatik munosabatlar tarixini tahlil etadi. Mavjud tarixshunoslik an’analaridan farqli o‘laroq, bu davr diplomatiyasi faqatgina savdo imtiyozlari yoxud tinchlik bitimlariga asoslanmaganligi, balki markaziy hukumatlar o‘rtasidagi axborot almashinuvi muammolari, asirlarning diplomatik ta’sir vositasiga aylanishi va shaxs omili kabi murakkab mezonlar asosida shakllangani dalillanadi. Tadqiqot davomida elchilik missiyalari rahbarlarining ijtimoiy kelib chiqishi hamda rasmiy yozishmalardagi axborot bo‘shlig‘ining (marhum hukmdorlarga murojaat etish hodisasi) xalqaro maydondagi oqibatlari yoritiladi. Diplomatik vakolat markazining oliy hukmdorlardan chegaradagi ma’muriyat (komendant va gubernatorlar) ixtiyoriga o‘tish mexizmlari, shuningdek, uchinchi tomon harbiy tajovuzining (Eron shohi omili) davlatlararo diplomatik aloqalarni uzoq muddatli inqiroz holatiga tushirib qo‘yishi tadqiq qilingan.



