MARKAZIY OSIYO INTEGRATSIYASIDA "TURKIY DAVLATLAR TASHKILOTI"NING O'RNI: IMKONIYATLAR VA MUAMMOLAR
收藏资源简介:
Mazkur ilmiy maqolada Markaziy Osiyodagi integratsion jarayonlarda Turkiy Davlatlar Tashkilotining (TDT) institutsional o‘rni, geosiyosiy ahamiyati hamda iqtisodiy va madaniy integratsiyani rivojlantirishdagi roli kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotda regionalizm, neofunksionalizm va konstruktivizm nazariyalari asosida TDTning zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimidagi funksional xususiyatlari o‘rganilgan. Shuningdek, tashkilotning Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi transport-logistika, energetika, investitsiya, savdo va xavfsizlik sohalaridagi hamkorlikni chuqurlashtirishdagi salohiyati ilmiy asosda baholangan. Tadqiqotning asosiy farazi shundan iboratki, TDT Markaziy Osiyoda yangi geoiqtisodiy makon va mintaqaviy kooperatsiya modelini shakllantirishga xizmat qilayotgan muhim siyosiy institutdir. Shu bilan birga, geosiyosiy raqobat, a’zo davlatlar manfaatlaridagi tafovut va institutsional zaiflik tashkilotning samarali integratsion mexanizmga aylanishini murakkablashtirmoqda. Tadqiqot natijalari TDTning istiqbolda Yevroosiyo mintaqasida muhim geosiyosiy platformaga aylanish ehtimoli mavjudligini ko‘rsatadi.



