遇见数据集

ISAJON SULTON ROMANLARIDA TARIXIYLIK KONSEPSIYASI

收藏
Zenodo2026-04-23 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Tarixiylik ilmi badiyaning muhim muammolaridan biri sifatida milliy adabiyotdagi janrlar taraqqiyoti, yangi obazlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, alohida ijodkorlarning ijodiy shakllanishi, adabiyotda “inson va tarix” tushunchasining ahamiyatini ochib berishga xizmat qiladi. Insondagi tabiiy ehtiyoj bo‘lmish o‘z o‘tmishini bilishga intilish tarixiy mavzudagi asarlarning paydo bo‘lishiga turtki bo‘lgan bo‘lsa, tarixiy nasrning janr darajasida ommalashishi tarixiylikning shakllanishiga sabab bo‘ldi. Badiiy adabiyotda tarixiylik konsepsiyasi dolzarb ilmiy va badiiy hodisa bo‘lib, u tarix va adabiyotning o‘zaro aloqadorlikda rivojlanishiga imkon beradi. XXI asr o‘zbek adabiyotida tarixiy konsepsiya tarixshunoslik bilan bir o‘zanda rivojlandi. Xalq tarixiga oid yangi topilmalar, talqinlar va nazariyalar badiiy adabiyotda ham o‘z aksini topa boshladi. O‘zbek millati tarixini turkiy xalqlar va ularning ajdodi sifatida Xun imperiyasi bilan bog‘lab o‘rganish natijasida olingan xulosalar zamonaviy adabiyotda ham bo‘y ko‘rsatmoqda. Isajon Sultonning “Bilga xoqon” romani ana shunday tarixchilik yutuqlari zamirida yuzaga kelgan badiiy asar hisoblanadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-04-23
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务