OILADA ER-XOTIN MUNOSABATLARI NEGIZIDA SHAKLLANGAN IJTIMOIY-PSIXOLOGIK HOLATLAR VA ULARNING BOLA RUHIYATIGA TA'SIRI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada er-xotin munosabatlari negizida shakllangan ijtimoiy-psixologik holatlar va ularning bola ruhiyatiga ta’siri bayon qilingan. Oila jamiyatning eng muhim ijtimoiy institutlaridan biri bo’lib, unda insonning shaxs sifatida shakllanishi boshlanadi. Har bir bola dastlabki ijtimoiy tajribani aynan oilada orttiradi. Oilada muhit, ayniqsa, er-xotin o’rtasidagi munosabatlar bolaning ruhiy, emotsional va ijtimoiy rivojlanishiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Zamonaviy jamiyatda oilaviy muammolar, ajrimlar, nizolar va stressli vaziyatlarning ko’payishi farzandlar ruhiyatiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Shu sababli oilada sog’lom ijtimoiy-psixologik muhitni yaratish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada oiladagi er-xotin munosabatlarining ijtimoiy-psixologik jihatlari, ularning turlari hamda bola ruhiyatiga ko’rsatadigan ta’siri tahlil qilinadi.



