O'ZBEK TIBBIY TERMINOLOGIYASIDA XALQARO BIRLIKLARNING MOSLASHUVI VA MILLIY TERMIN YARATISH TAMOYILLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada o‘zbek tibbiy terminologiyasida xalqaro birliklarning fonetik, morfologik, semantik va funksional jihatdan moslashuvi hamda milliy termin yaratish tamoyillari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi tibbiyot sohasiga oid terminlarning o‘zbek tiliga kirib kelish yo‘llari, ularning adabiy til me’yorlariga moslashish darajasi va milliy terminologik tizimdagi o‘rnini aniqlashdan iborat. Maqolada tavsifiy, qiyosiy, komponent tahlil, struktur-semantik va funksional tahlil metodlaridan foydalanildi. Tadqiqot materiali sifatida tibbiy matnlarda faol qo‘llanadigan diagnostika, terapiya, reabilitatsiya, immunitet, vaksina, profilaktika, kardiologiya, nevrologiya, MRT, KT, EKG kabi birliklar tanlandi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, xalqaro tibbiy terminlar o‘zbek tilida transliteratsiya, kalkalash, affiksatsiya, qisqartma, gibrid birikma va semantik ixtisoslashuv orqali moslashadi. Milliy termin yaratishda aniqlik, qisqalik, bir ma’nolilik, tushunarlilik, tizimlilik va xalqaro standartlar bilan muvofiqlik asosiy mezon bo‘lib xizmat qiladi.



