SHAMOL ENERGETIKASI QURILMALARINING FIZIK ASOSLARI VA ATMOSFERAGA TA'SIRI
收藏资源简介:
Annotatsiya: Ushbu tezisda shamol energetikasi qurilmalarining fizik asoslari hamda ularning atmosferaga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida shamol energiyasini elektr energiyasiga aylantirish jarayoni, shamol turbinalarining ishlash prinsipi va energiya ishlab chiqarish samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar o‘rganiladi. Shuningdek, shamol elektr stansiyalarining atmosfera holatiga, havo oqimlariga va ekologik muhitga ko‘rsatadigan ta’siri baholanadi. Shamol energetikasining an’anaviy energiya manbalariga nisbatan afzalliklari, issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirishdagi ahamiyati hamda barqaror rivojlanishni ta’minlashdagi o‘rni yoritiladi. Tadqiqot natijalari shamol energetikasidan samarali foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.



