IQTISODIY BEQARORLIK DAVRLARIDA LIKVIDLIKNI BOSHQARISH: AMALIY MISOLLAR
收藏资源简介:
Maqolada iqtisodiy beqarorlik davrlarida banklar va markaziy banklar tomonidan qo’llanilgan likvidlikni boshqarish choralari amaliy misollar asosida tahlil qilingan. Tadqiqot obyekti sifatida beshta inqiroz holati tanlangan: 2007-yilda Buyuk Britaniyadagi Northern Rock banki, 2020-yildagi COVID-19 pandemiyasi davrida O’zbekiston bank tizimi, 2022-yilgi geosiyosiy shok sharoitida O’zbekiston, shuningdek, 2023-yilda AQShdagi Silicon Valley Bank va Shveytsariyadagi Credit Suisse. Har bir holat bo’yicha shokning manbai, likvidlik yo’qotilishi kanali, ko’rilgan choralar va ularning natijasi taqqoslangan. Tahlil shuni ko’rsatadiki, inqiroz oqibatlarini belgilovchi asosiy omil buferlarning hajmi emas, balki resurs bazasining barqarorligi va regulyator choralarining tezligidir. O’zbekiston tajribasida 2022-yilda asosiy stavkaning 14 foizdan 17 foizgacha oshirilishi, birinchi chorakda 2,4 mlrd. dollarlik valyuta intervensiyalari va REPO hamda SVOP operatsiyalari orqali cheklovsiz likvidlik taqdim etilishi bank tizimining barqarorligini saqlab qolgan. Maqola yakunida inqiroz davrida likvidlikni boshqarishning bosqichma-bosqich algoritmi taklif etilgan.



