MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA JAMOADA ISHLASH KO'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA O'YINLARNING ROLI
收藏资源简介:
Mazkur ilmiy maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishda o‘yin faoliyatining pedagogik ahamiyati tizimli yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda 3–7 yosh davrining ijtimoiylashuv jarayonidagi o‘rni, hamkorlik, muloqot, empatiya va ijtimoiy mas’uliyat kabi sifatlarning shakllanish mexanizmlari ilmiy manbalar asosida asoslab beriladi. O‘yin faoliyati yetakchi faoliyat turi sifatida talqin qilinib, syujetli-rolli, didaktik va harakatli o‘yinlarning jamoaviy kompetensiyalarni rivojlantirishdagi roli ochib beriladi. Maqolada kuzatish, pedagogik tahlil va umumlashtirish metodlaridan foydalanilgan. Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘yin asosida jamoaviy faoliyatni samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.



