遇见数据集

IJTIMOIY ISH SOHASIDA KADRLAR SALOHIYATI

收藏
Zenodo2026-02-08 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada ijtimoiy ish sohasida kadrlar salohiyatini shakllantirish va rivojlantirish masalalari ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda ijtimoiy ish mutaxassislarining kasbiy kompetensiyasi, bilim va ko‘nikmalari, shaxsiy fazilatlari hamda uzluksiz kasbiy rivojlanishining ijtimoiy xizmatlar samaradorligiga ta’siri o‘rganildi. Chet el va O‘zbekiston olimlarining ilmiy ishlari tahlili asosida ijtimoiy ish kadrlarining salohiyatini baholashda kompetensiyaga asoslangan yondashuvning ahamiyati asoslab berildi. Tadqiqot jarayonida hujjatlarni tahlil qilish, so‘rovnoma, intervyu va taqqoslash metodlaridan foydalanildi. Natijalar ijtimoiy ish sohasida kadrlar salohiyatini oshirish uchun ta’lim va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish, uzluksiz malaka oshirish tizimini rivojlantirish zarurligini ko‘rsatdi. Tadqiqot xulosalari ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirishda ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-08
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务