SHARQ MUTAFAKKIRLARININING IJTIMOIY-PEDAGOGIK QARASHLARI TALABALARNING MA'NAVIY-MA'RIFIY TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISH OMILI
收藏资源简介:
Annotatsiya. Maqolada Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy-pedagogik qarashlari, xususan Abu Rayhon Beruniy ta'limoti talabalarning ma'naviy-ma'rifiy tayyorgarligini rivojlantirish omili sifatida tahlil qilinadi. Muallif Sharq falsafiy merosida ta'limning negizida axloq va ma'naviyat yotishini, bilim faqat axloq bilan uyg'unlikda samarali bo'lishini asoslaydi. Beruniyning ilmiy merosi tasnif qilinib, uning astronomiya, matematika, tarix va falsafaga oid asarlaridagi ta'lim-tarbiyaga doir g'oyalari yoritiladi. Tadqiqotda Beruniy qarashlarining uch yetakchi jihati ajratiladi: ilm va axloqning uyg'unligi, nazariya bilan amaliyotning birligi hamda insonning bilim olishga bo'lgan tabiiy intilishini rivojlantirish. Shuningdek, tarbiyada sabr-toqat, adolat, hurmat va insoniylik qadriyatlarini shakllantirish hamda shaxsning ijtimoiy burchini anglatish masalalari ko'rib chiqiladi. Xulosada Beruniy pedagogik merosidan bo'lajak o'qituvchilarni ma'naviy-ma'rifiy faoliyatga tayyorlashda nazariy asos sifatida foydalanish imkoniyatlari asoslanadi.



