遇见数据集

KORXONADA LOGISTIKA JARAYONLARINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI TIZIMLI BAHOLASH

收藏
Zenodo2026-05-11 更新2026-05-29 收录
官方服务:

资源简介:

Hozirgi kunda bozor iqtisodiyotining jadal rivojlanishi, raqobat muhitining kuchayishi hamda ishlab chiqarish hajmlarining ortib borishi korxonalarda logistika jarayonlarini samarali boshqarishni muhim vazifalardan biriga aylantirmoqda. Korxonaning ishlab chiqarish, ta’minot, saqlash va mahsulotni iste’molchiga yetkazib berish bilan bog‘liq barcha faoliyati logistika tizimi orqali amalga oshiriladi. Shu sababli logistika jarayonlarining iqtisodiy samaradorligini tizimli baholash korxona faoliyatining barqarorligi va raqobatbardoshligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi [1].Logistika jarayonlari korxonadagi moddiy, moliyaviy va axborot oqimlarini boshqarish bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ushbu jarayonlarning noto‘g‘ri tashkil etilishi ortiqcha xarajatlar, vaqt yo‘qotishlari va resurslardan samarasiz foydalanishga olib keladi [2]. Ayniqsa, transport xarajatlarining oshishi, ombor resurslaridan noto‘g‘ri foydalanish va yetkazib berishdagi uzilishlar korxonaning umumiy iqtisodiy natijalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli logistika tizimining samaradorligini baholash va uni optimallashtirish zamonaviy boshqaruvning dolzarb yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-11
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务