遇见数据集

ARXITEKTURA VA QURILISH CHIZMALARINI O'QITISHDA GRAFIK DASTURLARDAN FOYDALANISH METODOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH

收藏
Zenodo2026-09-30 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada arxitektura va qurilish chizmalarini o‘qitish jarayonida grafik dasturlardan samarali foydalanish metodologiyasini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Zamonaviy grafik dasturlar, xususan, AutoCAD, Revit, ArchiCAD kabi dasturlardan ta’lim jarayonida foydalanishning didaktik imkoniyatlari tahlil qilingan. Grafik dasturlar yordamida talabalarning fazoviy tasavvuri, chizmachilik ko‘nikmalari, loyihalash kompetensiyalari hamda amaliy faoliyatini rivojlantirish usullari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, arxitektura va qurilish chizmalarini o‘qitishda raqamli texnologiyalarni qo‘llashning samarali shakl va metodlari, interaktiv topshiriqlar hamda amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari grafik dasturlardan maqsadli va tizimli foydalanish ta’lim samaradorligini oshirish, talabalarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish va zamonaviy loyihalash talablariga mos mutaxassislar tayyorlash imkonini berishini ko‘rsatadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-09-30
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务