遇见数据集

BOSHLANG'ICH KARIYESNI DAVOLASHDA REMINERALIZATSION TERAPIYANING KLINIK SAMARADORLIGI VA TISH EMALINING MINERAL TARKIBIDAGI O'ZGARISHLARNI BAHOLASH

收藏
Zenodo2026-05-24 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Boshlang‘ich kariyes tish emalining dastlabki demineralizatsiya bosqichida namoyon bo‘lib, klinik jihatdan oqart dog‘ lezyonlari shaklida kuzatiladigan, konservativ remineralizatsion terapiya orqali to‘liq tiklanishi mumkin bo‘lgan qaytma jarayon hisoblanadi. Zamonaviy stomatologiyada minimal invaziv tamoyillar asosida oqart dog‘larni erta davolash tish to‘qimalarining saqlanib qolishida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ushbu tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich kariyesni davolashda natriy ftorid laki, kazein fosfopeptid-amorf kalsiy fosfat (CPP-ACP) kremi va nano-gidroksiapatit gelining klinik samaradorligini qiyosiy baholash hamda ularning tish emali mineral tarkibidagi o‘zgarishlarga ta’sirini ob’ektiv usullar yordamida o‘rganishdan iborat bo‘ldi. Prospektiv klinik tadqiqotda 18–35 yoshdagi 72 nafar bemor ishtirok etdi. Ishtirokchilar tasodifiy ravishda uchta teng guruhga taqsimlandi. Birinchi guruhga natriy ftorid laki, ikkinchi guruhga CPP-ACP kremi, uchinchi guruhga esa nano-gidroksiapatit geli qo‘llanildi. Klinik monitoring ICDAS tizimi, DIAGNOdent lazer fluoresensiya qurilmasi, shuningdek, lezyon morfologiyasini vizual baholash orqali amalga oshirildi. Ma’lumotlar statistik tahlil qilingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, olti oylik davolanish davrida barcha guruhlarda DIAGNOdent qiymatlari va ICDAS ballari statistik ahamiyatli darajada kamaydi. Nano-gidroksiapatit va CPP-ACP preparatlari emal sirtining qattiqligini oshirish va lezyon regressiyasini ta’minlashda yuqori samaradorlik namoyon etdi. Xulosa qilib aytganda, remineralizatsion terapiya boshlang‘ich kariyesni konservativ davolashning samarali va ishonchli usuli hisoblanadi. Bioaktiv moddalarni erta klinik bosqichlarda muntazam qo‘llash tish emalining tabiiy tarkibini tiklashga, minimal invaziv stomatologiya standartlariga muvofiq kelishga va bemorlarda uzoq muddatli tish salomatligini saqlashga xizmat qiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-24
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务