QISHLOQ XOʻJALIGIDA SUV RESURSLARIDAN INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA FOYDALANISHNI MOLIYALASHTIRISH
收藏资源简介:
Global iqlim oʻzgarishi, global isish asoratlari hamda Markaziy Osiyo mintaqasidagi transchegaraviy suv resurslarining kamayishi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tubdan isloh qilishni taqozo etmoqda. Oʻzbekiston Respublikasining agrar mintaqalari orasida ekologik va iqtisodiy jihatdan eng zaif hudud hisoblangan Qoraqalpoqiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi bevosita Amudaryoning quyi oqimidagi suv ta'minotiga bogʻliqdir. Soʻnggi yillarda kuzatilayotgan vegetatsiya davridagi suv tanqisligi, tuproqning yuqori darajada shoʻrlanishi va an'anaviy egatlab sugʻorish usullarining ustunligi mintaqada agrosanoat majmuasining rentabellik darajasini pasaytirib yubormoqda. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda suv resurslaridan innovatsion texnologiyalar (tomchilatib sugʻorish, yomgʻirlatib sugʻorish, diskretli sugʻorish va tuproq osti namlagichlari) yordamida foydalanish nafaqat suv sarfini kamaytiradi, balki tuproqning meliorativ holatini yaxshilash va hosildorlikni oshirish imkonini beradi. Biroq, mazkur innovatsiyalarni keng miqyosda joriy etish fermer xoʻjaliklaridan yuqori hajmdagi boshlangʻich kapital qoʻyilmalarni talab qiladi. Qoraqalpoqistondagi aksariyat agrar subyektlarning moliyaviy resurslari cheklanganligi, ichki aylanma mablagʻlarning yetishmasligi hamda bank kreditlarining qimmatligi sababli ushbu jarayonni moliyalashtirishning muqobil va samarali mexanizmlarini ishlab chiqish strategik ahamiyat kasb etadi.



