遇见数据集

BOLALIK VA MUSIQA UYG'UNLIGI: MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA KREATIV AVLOD TARBIYASI.

收藏
Zenodo2026-05-17 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa faoliyatining bolalar kreativligini rivojlantirishdagi pedagogik imkoniyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda musiqaning bolaning emotsional-intellektual rivojlanishi, estetik didining shakllanishi, obrazli tafakkuri, kommunikativ kompetensiyasi va mustaqil ijodiy faoliyatiga ko‘rsatadigan ta’siri yoritilgan. Metodologik jihatdan tizimli, kompetensiyaviy, integrativ va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar asosida kuzatuv, suhbat, pedagogik tajriba, qiyosiy tahlil va diagnostik baholash usullaridan foydalanildi. Tadqiqot natijalari qo‘shiq kuylash, ritmik plastika, improvizatsiya, musiqali o‘yinlar va dramatizatsiya elementlari bolalarda divergent fikrlash, estetik sezgirlik, tashabbuskorlik va badiiy o‘zini ifodalash ko‘nikmalarini samarali rivojlantirishini ko‘rsatdi. Shuningdek, musiqiy faoliyat diqqat barqarorligi, nutq ravonligi, emotsional regulyatsiya va ijtimoiy hamkorlikni kuchaytiruvchi multidisiplinar ta’lim vositasi ekanligi asoslandi. Maqolada maktabgacha ta’lim tizimida kreativ avlodni tarbiyalashda musiqa san’atining strategik ahamiyati ochib berilib, amaliyotga tatbiq etish uchun ilmiy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqildi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-17
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务