遇见数据集

DAVLAT-XUSUSIY HAMKORLIK (DXH) MOHIYATI, SHAKLLARI VA MEXANIZMLARI

收藏
Zenodo2026-05-19 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur ilmiy maqolada davlat-xususiy sheriklikning (DXSH) nazariy mohiyati, asosiy shakllari va amaliy mexanizmlari tahlil qilinadi. DXSH davlat va xususiy sektor o‘rtasida uzoq muddatli shartnomaviy munosabatlar asosida jamoat xizmatlarini ko‘rsatish va infratuzilmani rivojlantirishning samarali modeli sifatida tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tadqiqotda qiyosiy tahlil, tizimli yondashuv va hujjatlarni o‘rganish usullari qo‘llanilgan. Natijada DXSHning uch asosiy shakli – konsessiya, qo‘shma korxonalar va hayot sikli shartnomalarining o‘ziga xos xususiyatlari, afzalliklari va cheklovlari aniqlanib, O‘zbekiston qonunchiligi va amaliyoti bilan bog‘liq holda tahlil qilingan. Xususan, O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik sohasidagi huquqiy baza – 2019-yilda qabul qilingan “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonun, unga kiritilgan o‘zgartirishlar hamda amaldagi loyihalar misolida mexanizmlarning ishlash tamoyillari yoritilgan. Shuningdek, konsessiya shartnomalarining asosiy xususiyatlari va qo‘llanish sohalari, hayot sikli shartnomalarining infratuzilma loyihalarida qo‘llanilishi tahlil qilingan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-19
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务