XALQARO MOLIYA BOZORIDA INQIROZLAR YUZAGA KELISH OMILLARI VA KONSEPSIYALARI
收藏资源简介:
Mazkur ilmiy maqolada xalqaro moliya bozorida yuzaga keladigan inqirozlarning shakllanish omillari hamda ularni izohlovchi asosiy nazariy va konseptual yondashuvlar kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida moliyaviy globallashuv sharoitida kapital oqimlarining tezlashuvi, moliya institutlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning kuchayishi va axborot assimetriyasining chuqurlashuvi inqirozlar ehtimolini oshiruvchi muhim omillar sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, makroiqtisodiy nomutanosibliklar, spekulyativ kapital harakati, moliyaviy instrumentlarning haddan tashqari murakkablashuvi hamda tartibga solish mexanizmlarining yetarli darajada samarali emasligi inqirozlarning yuzaga kelishida muhim rol o‘ynashi asoslab beriladi. Maqolada klassik, monetar, institutsional va xulq-atvoriy moliya konsepsiyalari doirasida xalqaro moliyaviy inqirozlarning kelib chiqish sabablari solishtirma tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari xalqaro moliya bozorlarida barqarorlikni ta’minlash, inqirozlarning oldini olish va ularning salbiy oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan samarali siyosat choralarini ishlab chiqishda nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.



