BIOFARMATSEVTIK PREPARATLAR VA ULARNING KLINIK AHAMIYATI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada biofarmatsevtik preparatlarning mohiyati, asosiy turlari hamda ularning klinik amaliyotdagi ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqot davomida biologik dori vositalarining an’anaviy kimyoviy preparatlarga nisbatan ustun jihatlari, jumladan yuqori selektivlik, nishonga yo‘naltirilgan ta’sir mexanizmi va terapevtik samaradorligi o‘rganildi. Olingan natijalar insulin, eritropoetin, interferonlar, o‘sish gormonlari hamda monoklonal antitanachalar kabi biofarmatsevtik preparatlarning endokrin, onkologik va autoimmun kasalliklarni davolashda muhim klinik ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi. Shuningdek, biofarmatsevtik preparatlarni qo‘llash jarayonida uchraydigan muammolar — yuqori narx, murakkab ishlab chiqarish texnologiyasi va immunogenlik xavfi tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari biofarmatsevtik preparatlarning zamonaviy tibbiyotdagi strategik ahamiyatini asoslab beradi.



