TA'LIM JARAYONIDA FAN VA HAYOT BOG'LANISHINI KUCHAYTIRISH UCHUN AMALIY USULLARNI JORIY ETISH
收藏资源简介:
Ushbu maqolada ta’lim jarayonida fan va hayot o‘rtasidagi bog‘lanishni kuchaytirishning ahamiyati va uni ta’minlash uchun amaliy usullar yoritilgan. Zamonaviy ta’lim tizimi o‘quvchilarda nafaqat nazariy bilimlarni, balki ularni hayotda qo‘llash ko‘nikmalarini ham shakllantirishni talab etadi. Shu sababli, fanlarni real hayotiy misollar, tajribalar, loyiha ishlari va integratsiyalashgan darslar asosida o‘qitish dolzarb masalaga aylandi. Tadqiqotda ta’lim jarayonida hayotiy kompetensiyalarni rivojlantirish, muammoli o‘qitish, loyiha-metodik yondashuv va STEAM-ta’lim tizimi imkoniyatlari tahlil qilinadi. Amaliy yondashuvlar orqali o‘quvchilarning tahliliy fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish va innovatsion fikrlash qobiliyatlari rivojlantiriladi. Natijada, ta’lim va hayot o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik kuchayib, o‘quvchi shaxs sifatida ijtimoiy faol, ijodkor va raqobatbardosh kadr sifatida shakllanadi.



