JANUBIY O'ZBEKISTON XALQLARIDA DAFN MAROSIMLARI BILAN BOG'LIQ QADIMGI URF-ODATLAR VA ULARNING TRANSFORMATSIYASI
收藏DataCite Commons2026-05-02 更新2026-05-07 收录
下载链接:
https://zenodo.org/doi/10.5281/zenodo.19969448
下载链接
链接失效反馈官方服务:
资源简介:
Ushbu maqolada Janubiy O‘zbekiston (Surxondaryo va Qashqadaryo vohalari) aholisining dafn marosimlari bilan bog‘liq sinkretik xarakterdagi urf-odatlari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida hududdagi islomiy qoidalar qobig‘iga o‘ralgan, ammo negizi zardushtiylik, shomonlik va qadimiy turkiy e’tiqodlarga borib taqaladigan "is chiqarish", "chiroq yoqish" va "poyandoz" kabi marosimlarning strukturaviy elementlari aniqlandi.Xususan, arxeologik qazishmalar natijasida topilgan ossuariylar (suyakdonlar) va qo‘sh-lahadli qabrlar tizimi bilan hozirgi kunda saqlanib qolgan "ayvonli qabr" (lahadning maxsus turi) qurish an’analari o‘rtasidagi genetik bog‘liqlik qiyosiy o‘rganildi. Maqolada Janubiy O‘zbekistonning o‘ziga xos subetnik guruhlari (qo‘ng‘irotlar, yuzlar, do‘rmonlar) orasida vafot etgan kishi uchun qurbonlik qilinadigan "tul" yoki "ko‘pkari" berish kabi arxaik odatlarning saqlanish darajasi statistik ma’lumotlar va dala kuzatuvlari asosida yoritilgan. Tadqiqot xulosalari ushbu marosimlarning nafaqat diniy, balki hududiy o‘ziga xoslikni saqlab qoluvchi etnomadaniy marker ekanligini isbotlaydi.
提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-02



