O'ZBEKISTON SSR JANUBIY VILOYATLARI OLIY TA'LIM TARIXINING MANBASHUNOSLIK TAHLILI (XX ASRNING IKKINCHI YARMI)
收藏资源简介:
Ushbu maqolada XX asrning 30–45-yillari hamda ikkinchi yarmi davrida O‘zbekiston SSR janubiy viloyatlarida oliy ta’lim tizimining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari manbashunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida arxiv hujjatlari, davlatning normativ-huquqiy qarorlari, davriy matbuot materiallari hamda statistik to‘plamlar asosiy manba bazasi sifatida o‘rganilgan. Maqolada sovet davri ta’lim siyosatining o‘ziga xos xususiyatlari, xususan, "madaniy inqilob" davridagi mafkuraviy tazyiqlar va urush yillarida ta’lim tizimining o‘zgarishi yoritib berilgan. Muallif mintaqaviy oliy ta’lim tarixini tadqiq etishda kompleks yondashuv metodologiyasini qo‘llash orqali arxiv hujjatlaridagi ideologik yondashuvlarni tanqidiy baholash zarurligini asoslaydi.



