TRENER KOMPETENTLIGINING TRENING SAMARADORLIGIGA TA'SIRI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada trening jarayonida trener kompetentligining trening samaradorligiga ta’siri ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Trener kompetentligining tarkibiy qismlari sifatida kasbiy bilimlar, metodik mahorat, kommunikativ qobiliyatlar, emotsional intellekt va axloqiy mas’uliyat omillari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda kompetensiyaviy yondashuv asosida trener shaxsining trening jarayonini boshqarishdagi roli ochib beriladi hamda trener kompetentligining ishtirokchilarning faolligi, motivatsiyasi va o‘quv natijalariga ta’siri asoslanadi. Ilmiy manbalar tahlili trener kompetentligining trening samaradorligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Maqola natijalari amaliy psixologiya, ta’lim va trening faoliyatida trenerlarni tayyorlash hamda ularning kasbiy rivojlanish dasturlarini takomillashtirishda foydalanish uchun mo‘ljallangan.



