ECLAIR COSMETIC KORXONASIDAGI XAVFLARNI MEHNAT MUHOFAZASI, TEXNIKA XAVFSIZLIGI VA YONG'IN XAVFSIZLIGI NUQTAI NAZARIDAN TAHLIL QILISH
收藏资源简介:
Mazkur maqolada ECLAIR COSMETIC korxonasida ishlab chiqarish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarni mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va yong‘in xavfsizligi nuqtai nazaridan kompleks tahlil qilish masalalari yoritilgan. Tadqiqot davomida kosmetika mahsulotlarini ishlab chiqarish, xomashyoni qabul qilish va saqlash, dozalashtirish, aralashtirish, qizdirish, homogenlashtirish, mahsulotni qadoqlash hamda tayyor mahsulotlarni saqlash jarayonlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan fizik, kimyoviy, mexanik, termik, elektr, ergonomik va yong‘in xavflari tahlil qilingan. Xavflarning yuzaga kelish ehtimoli va oqibatlarining og‘irligini hisobga olgan holda risklarni baholash yondashuvi qo‘llanilgan. Tadqiqot natijalari korxonada xavflarni kamaytirish uchun texnologik uskunalarni muntazam texnik nazoratdan o‘tkazish, kimyoviy moddalar bilan xavfsiz ishlash, samarali shamollatish tizimlarini joriy etish, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish, elektr xavfsizligini ta’minlash, avtomatik yong‘in signalizatsiyasi va o‘t o‘chirish vositalarining samaradorligini oshirish hamda xodimlarni muntazam ravishda o‘qitish zarurligini ko‘rsatadi. Shuningdek, korxonada xavflarni aniqlash, baholash, nazorat qilish va monitoring qilishga asoslangan integratsiyalashgan xavfsizlik boshqaruvi tizimini joriy etish mehnat sharoitlarini yaxshilash va ishlab chiqarish xavfsizligini oshirishning muhim sharti sifatida asoslangan.



